Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


08.11.2023

“Smart Bank” AJga “А” va “B” toifalari berildi

O‘zbekiston respublikasi valyuta birjasi “Smart Bank” aksiyadorlik jamiyatiga “A” va “B” toifalarini berdi. 

“A” toifasi a’zolarga chet el valyutasi bozorida ishtirok etish, shu jumladan, valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan operatsiyalarni amalga oshirish va savdolarda qatnashish huquqini beradi. “B” toifasi esa birja savdolarida ishtirok etish va davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi.

“Smart Bank” AJ — bu jismoniy ofisga tashrif buyurmasdan, “doimo va har joyda” tamoyili bo‘yicha 24/7 tartibida to‘liq masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadigan moliyaviy muassasadir.

Savdo a’zolari safi muntazam va tezkor kengayishi O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorining asosiy ishtirokchisi sifatida O‘zRVB birja bozorlarining jozibadorligi va shaffofligining yorqin namoyonidir. Shuningdek, bu fakt mijozlar uchun o‘z imkoniyatlari va takliflarini kengaytirishni istagan investitsiya kompaniyalari tomonidan birja bozoriga doimiy qiziqishni aks etadi.

Ta’kidlash joiki, «Smart Bank» AJ «C» toifasi bo‘yicha O‘zRVB a’zosi bo‘lib, qo‘shimcha kategoriya bank uchun o‘z aktivlarini samarali boshqarishda yangi savdo imkoniyatlarini beradi.

Birja a’zoligiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlar  O‘zRVBning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.

O‘zRVB o‘z faoliyatini, shuningdek, umuman mamlakat moliya bozorini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarini davom ettiradi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash