Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
- Bosh sahifa
- Birja to'g'risida
- Sifat menejmenti tizimi
Sifat menejmenti tizimi
Samarali operatsion faoliyatni ta’minlash va biznes jarayonlarni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJning uzoq muddatli (2019-2023) va o‘rta muddatli (2019-2021) rivojlanish Strategiyasiga muvofiq optimallashtirish maqsadida xalqaro standartlarga asoslangan ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilib, joriy etildi.
Boshqaruv tizimlarini sertifikatlash bo‘yicha organ "CERT International" (O‘zbekiston) va Slovakiya milliy akkreditatsiya xizmati (SNAS)ning akkreditatsiyalangan organlar Milliy reestrida ro‘yxatga olingan sertifikatlash bo‘yicha xalqaro organ "CERT International" s.r.o. (Slovakiya) tomonidan sertifikatlash auditi o‘tkazildi.
Sertifikatlash auditi natijalariga ko‘ra “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ sifat menejmenti tizimi xalqaro ISO 9001:2015 va milliy O`z DSt ISO 9001:2015 standartlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikatlar olindi.
Ta’kidlash joizki, audit natijalariga ko‘ra nomuvofiqliklar, e’tirozlar va og‘ishlar aniqlanmadi. Bundan tashqari, auditorlar “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ yuqori rahbariyati SMTni ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha qo‘llab-quvvvatlashga intilishi va qiziqishini, asosiy xodimlarning ta’lim, ko‘nikma va tajribaga asoslangan malakasi faoliyatning kuchli tomonlari ekanligini ta’kidladilar.
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ o‘zining biznes-jarayonlarni yanada optimallashtirishga bo‘lgan intilishida, ISO 27001:2013 axborot xavfsizligi menejmenti tizimi va ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirmoqda.