Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


Valyuta bozori

O‘zRVB respublikaning yagona va uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan valyuta bozori bo‘lib, milliy valyuta bilan operatsiyalar uchun likvidlik markazi sifatida regulyatorning pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish hamda valyuta savdolari natijalari bo‘yicha so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan rasmiy kursini belgilash uchun savdo maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda O‘zRVB savdo tizimida “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJning xorijiy valyutani sotib olish va sotish bo‘yicha birja savdolarini o‘tkazish qoidalari”ga asosan USD/UZS, EUR/UZS, RUB/UZS va CNY/UZS instrumentlari bo‘yicha birja savdolari o‘tkazilmoqda.

Savdolar O‘zRVBning zamonaviy in-house "Rhombus" platformasida "koll-auksion" va ikki tomonlama uzluksiz auksion (metching) usuli bilan o‘tkaziladi.