Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


Bozorlar va savdolar

Bugungi kunda O‘zRVB bozori quyidagi asosiy segmentlar bilan ifodalangan.

Birja valyuta bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalari o‘tkazib kelinadi. Bugungi kunda, O‘zRVB valyuta bozorida USD/UZS, EUR/UZS, RUB/UZS va CNY/UZS valyuta juftliklari bo‘yicha valyutaviy spot operatsiyalari amalga oshiriladi.

Pul bozorida bir kundan bir yilgacha bo‘lgan muddatga mablag‘larni joylashtirish/jalb qilish bo‘yicha banklararo depozit operatsiyalari, tijorat banklarining pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha Markaziy bankning depozit auksionlari tashkil etiladi, shuningdek REPO bitimlari tuzilib, valyutaviy svop operatsiyalari o‘tkaziladi.

O‘zRVB fond bozorida davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) – Iqtisod va moliya vazirligining obligatsiyalari va majburiyatlari, shuningdek Markaziy bank obligatsiyalari bo‘yicha savdolar tashkil etiladi. 

Derivativlar bozorida valyutaviy fyuchers shartnomalari bo‘yicha savdolar o‘tkazilib ikki tomonlama uzluksiz auksion (metching) usuli bilan amalga oshiriladi.