Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


28.10.2026

6 ta investitsiya kompaniyasi O‘zRVB savdolarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Davlat qimmatli qog‘ozlarining uyushgan bozorida professional ishtirokchilar doirasi kengaymoqda. Bir vaqtning o‘zida oltita investitsiya kompaniyasi O‘zbekiston respublika valyuta birjasi a’zoligiga qabul qilinib, mazkur bozor savdolarida bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“MOSAIC FINANCIAL”, “FINANCE INVEST BROK”, “ANALYTICS SERVIS”, “KAPITAL SECURITIES”, “AVESTA INVESTMENT GROUP” va “HYT-CAPITAL”
kompaniyalari O‘zRVBning «B» toifasi bo‘yicha a’zoligiga qabul qilindi.

Birja a’zosi maqomini olish ushbu kompaniyalarga O‘zRVB savdo infratuzilmasi orqali davlat qimmatli qog‘ozlari savdolarida hamda ular ishtirokida REPO operatsiyalarida bevosita qatnashish imkoniyatini yaratadi.

Ishtirokchilar tarkibining kengayishi bozor arxitekturasida bosqichma-bosqich yuz berayotgan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Endilikda tijorat banklari bilan bir qatorda birja infratuzilmasi va qarz instrumentlari bozoriga professional ishtirokchilarning yanada keng doirasi kirib kelmoqda.

Davlat qimmatli qog‘ozlari bozori uchun bu ishtirokchilar tarkibining yanada diversifikatsiyalashuvi, ikkilamchi bozorda bitimlar tuzish imkoniyatlarining kengayishi, shuningdek, savdo faolligi va likvidlikning o‘sishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishini anglatadi.

Birja savdolarida tijorat banklari bilan bir qatorda investitsiya kompaniyalari ishtirokining kengayishi davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida raqobat muhiti va professional ishtirokchilar uchun imkoniyatlar izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Bu, o‘z navbatida, ikkilamchi bozorda bitimlar hajmini oshirish, savdo faolligini rag‘batlantirish hamda bozor likvidligini mustahkamlash uchun qo‘shimcha zamin yaratadi.

Shuningdek, birja infratuzilmasi imkoniyatlarini kengaytirish O‘zRVB faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Birja uyushgan moliya bozorida professional ishtirokchilarning turli toifalarini birlashtirish hamda ularga operatsiyalarni amalga oshirish uchun yagona, zamonaviy texnologik mexanizmni taqdim etish borasida izchil ish olib bormoqda.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash