Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


02.05.2023

“Rhombus” platformasi 1 yoshda

2022-yil 15-fevral kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJning chet el valyutasi savdolarini koll-auksion va uzluksiz ikki tomonlama auksion (metching) zamonaviy usullari orqali o‘tkazishga mo‘ljallangan “Rhombus” yangi yuqori texnologik elektron savdo platformasi ishga tushirilganiga bir yil bo‘ldi.

Bugungi kunga kelib ushbu platformada valyutaviy auksionlar va fyuchers shartnomalari bilan savdolarni amalga oshirish imkoniyati ham joriy etildi.

Hozirgi kunda “Rhombus” platformasi professional ishtirokchilar tomonidan muvaffaqiyatli loyiha deb tan olingan va ushbu yutuq platforma ishga tushirilgandan boshlab erishilgan natijalar bilan tasdiqlanadi.

Yaqin kelajakda Birja “Rhombus” platformasiga davlat obligatsiyalari bozori va pul bozorini integratsiyalash orqali kengaytirish hisobiga uning imkoniyatlarini yana-da oshirish, shuningdek, platformaning mobil versiyasini yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash