Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
04.03.2025
“O‘zsanoatqurilishbank” O‘zRVB valyuta bozorining market-meykeri maqomiga ega bo‘ldi
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) valyuta bozorida USD/UZS_TOM instrumenti bo‘yicha market-meyker maqomiga ega bo‘ldi. 
Ushbu maqom bangga birja valyuta bozorini rivojlantirishda faol ishtirok etishni hamda savdolarning barqarorligi va likvidligini ta’minlash majburiyatini yuklatadi.
Market-meyker — bu tegishli market-meyker dasturiga muvofiq xorijiy valyutaga narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun birja bitimlarini tuzish majburiyatini olgan savdo ishtirokchisi.
Bu bozor uchun nimani anglatadi?
Market-meykerning vazifasi — xarid va sotish kotirovkalarini qo‘llab-quvvatlash orqali likvidlikni ta’minlash va shu orqali spred (xarid va sotish narxlari o‘rtasidagi farq) ni kamaytirishdir.
Kurs tebranishlarining pasayishi — market-meyker maqomiga ega yirik banklarning ishtiroki tufayli valyuta bozori yanada barqarorlashadi va valyuta kursining keskin tebranishlari kamayadi.
Ishtirokchilar uchun qulay shartlar — ko‘proq likvidlik barcha savdo ishtirokchilari uchun jozibador spredlar va yanada shaffof narx belgilanishini anglatadi.
Market-meykerlik institutini mustahkamlash O‘zRVBning valyuta bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarining muhim qismidir. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning market-meykerlar qatoriga qo‘shilishi biznes uchun ham, mamlakatning moliyaviy institutlari uchun ham foydali bo‘lgan yanada ishonchli va samarali savdo muhitini shakllantirishga yordam beradi.
O‘zRVB valyuta savdolarini yanada qulay va samarali bo‘lishi uchun yangi ishtirokchilarni jalb qilish va zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.





