Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
08.02.2024
O‘zRVBdan yangilik: valyutaviy fyuchers bozori uzoq muddatli vositalar bilan kengaytirildi
2024 yil fevral oyidan boshlab O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB)ning derivativlar bozori yangi instrumentlar - 6, 9 va 12 oylik valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan to‘ldirildi.
Valyutaviy fyucherslar o‘zi nima?
Valyutaviy fyucherslari - bu kelajakda valyutani oldi-sotdi shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra sotuvchi kelajakda maʼlum miqdordagi valyutani bitimda belgilangan kurs bo‘yicha sotish, xaridor esa sotib olish majburiyatini oladi.
Avvalroq, O‘zRVB mamlakatimizda birinchi bo‘lib amal qilish muddati 1, 2 va 3 oy bo‘lgan qisqa muddatli valyutaviy fyuchers shartnomalari savdosini yo‘lga qo‘ygan edi. Endilikda fyuchers instrumentlar qatori uzoq muddatli fyucherslar bilan to‘ldirildi.
Yangi instrumentlarni joriy etishdan maqsad nima?
O‘zRVB savdo ishtirokchilarining fikr va takliflarini inobatga olgan holda birja savdolarida ishtirok etish uchun zarur qulay shart-sharoitlarni yaratib kelmoqda.
Uzoq muddatli fyuchers shartnomalarining joriy etilishi aktivlarni boshqarishdan, shu jumladan davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida (DQQ) daromad oladigan va o‘z daromadlarini turli vositalar orqali himoya qilmoqchi bo‘lgan savdo ishtirokchilari va investorlarning takliflarini o‘rganish asosida amalga oshirildi.
Taʼkidlash joizki, uzoq muddatli fyucherslar joriy qilingunga qadar treyderlar valyutaviy fyuchers shartnomalari bo‘yicha pozitsiyalarini olti oy yoki bir yilga uzaytirish uchun qisqa muddatli fyucherslar bo‘yicha yangi pozitsiyalarni ochishga majbur bo‘lishgan. Endilikda treyderlar valyutaviy fyuchers shartnomasi bo‘yicha pozitsiyalarni uzoqroq muddatga - bir yilgacha ochish imkoniyatiga ega.
Fyuchers shartnomalarining afzalliklari nimada?
Kelajakka ishonch. Savdo ishtirokchisi valyuta kursi bo‘yicha fyuchers shartnomasini tuzish orqali, kurs o‘zgarishi haqida qayg‘urmasdan, uni oldindan belgilagan holda barqaror narx kafolatini oladi.
Daromad olish uchun yangi imkoniyatlar. Fyuchers shartnomalari nafaqat xatarlarni himoya qilish instrumenti, balki valyuta kursi o‘zgarishi natijasida daromad olish vositasi hisoblanadi.
Statistika:
- 2023 yil yakunlariga ko‘ra O‘zRVBda 3000 ta fyuchers shartnomalari tuzildi.
- Bitimlarning umumiy miqdori 3,000,000 AQSH dollarini tashkil etdi.
- O‘zRVB fyuchers shartnomalarining bazaviy aktivi AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi hisoblanadi.





