Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
16.05.2023
O‘zRVBda likvidlik provayderi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (O‘zRVB) valyutaviy fyucherslar bilan oldi-sotdi operatsiyalari, shu bilan birga, defolt-menejmenti tizimi joriy etilishi munosabati bilan Markaziy kontragent faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan likvidlik provayderlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Buning oqibatida, riskni boshqarish mexanizmlaring ko‘lami kengaytirildi.
Bu to‘g‘risida 2022 yil 3 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bo‘lib o‘tgan taqdimot doirasida batafsil so‘z yuritildi.
Ta’kidlash joizki, likvidlik provayderlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan avval, O‘zRVB valyuta bozorida market-meykerlar instituti, Markaziy kontragent faoliyati muvaffaqiyatli joriy etilib, O‘zRVBda tuzilgan bitimlar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Kafolat jamg‘armasi tashkil etildi.
Bugungi kunda O‘zRVB Markaziy kontragent faoliyatini yuritgan holda valyuta bozori savdo qatnashchilarining pul mablag‘lari (milliy va xorijiy valyutalarda) bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni o‘z zimmasiga oladi.
Shu bilan birga, Markaziy kontragent barcha xaridorlar uchun sotuvchi va barcha sotuvchilar uchun xaridor vazifasini bajaradi. Likvidlik provayderi (tijorat banki) esa valyuta oldi-sotdi operatsiyalari bo‘yicha defolt holati yuzaga kelganda bitim tarafi sifatida qatnashishi va O‘zRVB bilan milliy va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha bitim tuzish majburiyatini oladi.
Yuqorida qayd etilgan taqdimot doirasida, O‘zRVB va provayder-banklar o‘rtasida tantanali ravishda likvidlikni taqdim etish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Bu, o‘z navbatida, valyuta bozoridagi defolt menejmenti tizimini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish uchun birinchi qadam hisoblanadi.





