Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


29.09.2023

O‘zRVB yangi xodimlari uchun welcome-trening: jamoaga moslashish va integratsiya

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi o‘z saflariga iqtidorli va malakali xodimlarni jalb etish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Yangi xodimlar jamoaga va ish joyiga tezkor moslashishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkilotda welcome-treninglar o‘tkazish amaliyoti joriy etilgan.

Shu sababli, xodimlarni moslashtirish chora-tadbirlari doirasida O‘zRVBning yangi xodimlari uchun tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zRVB Bosh direktori Maslahatchisi Kamil Yangayev yosh mutaxassislarga kompaniyaning tashkil etilish tarixi, kuchli jamoaning sa’y-harakatlari bilan birjaning bugungi rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi muhim maqsadlarga qanday erishilgani haqida so‘zlab berdi.

Treningning auditoriyasi nafaqat tashkilotning yangi kelgan xodimlarini, balki ko‘p yillar davomida birja sohasida ishlaydigan o‘z kasbining yuqori malakali mutaxassislarni ham qamrab oldi.

Xodimlar uchun welcome trening doirasida kompaniya va uning qadriyatlari bilan yaxshiroq tanishishga yordam beradigan interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi. Shunday qilib, «Jamoa bilan tanishish» o‘yini davomida ishtirokchilar bir-biri bilan tanishdilar va yangi jamoada ishlashni amaliyotda sinab ko‘rishdi.

— Welcome-trening dasturi O‘zRVB xodimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, — dedi Tatyana Ibragimova, jalb qilingan maslahatchi va biznes-murabbiy. — Bu dastur yangi xodimlarni kompaniyada muvaffaqiyatli ish boshlashi uchun barcha kerakli bilim, vositalar va resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Bunday tadbirlarni o‘tkazish yangi xodimlarga yangi joyga tezroq moslashishga yordam beradi, stress darajasini pasaytiradi va tashkilotga bo‘lgan sadoqatni oshiradi. Bundan tashqari, bu tashkilotga korporativ madaniyatni saqlab qolish va mustahkamlash, an’analarning doimiyligini ta’minlash va tajribani katta avloddan kichik avlodga o‘tkazish imkonini beradi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash