Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
22.11.2023
O‘zRVB xalqaro birja forumida: jahon birja sanoatida imkoniyatlarni kengaytirish
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) delegatsiyasi bosh direktor o‘rinbosari A. Nagayev boshchiligida Olmaota shahrida (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan “Moliyaviy bozorlarni o‘zgartirishda birjalarning roli” xalqaro birja forumida ishtirok etdi.
Turli davlatlardan tashrif buyurgan birja jamiyatining yetakchi ekspertlari va vakillarini to‘plagan forum Qozog‘iston moliyachilarining XI Kongressi doirasida Qozog‘iston fond birjasi (KASE) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, KASEning 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlardan iborat bo‘ldi.
Forumda turli davlatlardan tashrif buyurgan moliya sohasining ekspertlari birja bozorlarini rivojlantirish, raqamli infratuzilma va vositalar, davlat qimmatli qog‘ozlari savdolarini tashkil etish, IPO rivojlanishi tendentsiyalari, moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish va kapital bozorlarida chakana investorlarning faolligini oshirish, ESG prinsiplari va mahsulotlarini moliyaviy bozorda rivojlantirish mavzulari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida A. Nagayev “Mintaqada birja bozorlarini rivojlantirish” panel muhokamasida ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. Muhokama davomida O‘zRVB vakili ishtirokchilarga birjaning jadal rivojlanayotgan faoliyati, rivojlanish istiqbollari va ishtirokchilar hamda investorlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
O‘zRVB rahbarining o‘rinbosari tashkilotda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xorijiy ishtirokchilarni O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga jalb qilishni qayd etdi.





