Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
17.05.2023
O‘zRVB valyuta bozorida ilk bor fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi
2022 yil 1 noyabr kuni O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) savdo platformasida ilk bor “Asakabank” AJ va “Qishloq qurilish banki” ATB treyderlari ishtirokida amal qilish muddati joriy yilning noyabr oyida belgilangan valyuta fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi.
Bazaviy aktivi AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi bo‘lgan fyuchers shartnomalari bilan savdolar ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy xalqaro standartlar asosida O‘zRVB (in-house) tomonidan ishlab chiqilgan yangi elektron savdo platformasida tashkil etildi.
O‘zRVBning boshqa birja instrumentlari qatorida taklif etilayotgan ushbu yangi instrument bozor ishtirokchilari uchun valyuta xatarlarini himoya qilish, shuningdek, narx o‘zgarishlari evaziga daromad olish imkonini yaratadi.
Bundan avval, O‘zRVBda birja valyuta bozori ishtirokchilari o‘rtasida valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan test savdolari bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan edi





