Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


04.07.2023

O‘zRVB platformasida davlat obligatsiyalari ilk bor T+2 hisob-kitob rejimida joylashtirildi

Ushbu rejim doirasida auksionda sotib olingan davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar bitimlar tuzilgan kundan keyingi ikkinchi savdo kunida amalga oshirilishi belgilangan (bitimlar tuzish uchun mablag‘larni oldindan deponentlash talab qilinmaydi), bu esa savdo ishtirokchilari uchun o‘z pul mablag‘larini samarali va oqilona boshqarish imkonini beradi.

Xalqaro standartlar talablariga muvofiq joriy etilgan hisob-kitoblarning ushbu turi DQQ bozorini faollashtirish va jozibadorligini oshirish, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish, DQQ bozoriga ko‘proq ishtirokchilar va investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish, shuningdek DQQ ikkilamchi bozorida likvidlikni oshirishga yordam beradi.

Avvalroq, O‘zRVBda inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari muvaffaqiyatli joylashtirilganligi va DQQ ikkilamchi bozorida ilk market-meykerlar faoliyat boshlaganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash