Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
07.08.2023
O‘zRVB a’zolari ro‘yxati kengaymoqda: navbatdagi investitsiya kompaniyasi a’zolikka qabul qilindi
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) “Portfolio Investments” investitsiya kompaniyasini “В” toifasi bo‘yicha a’zolikka qabul qildi.
“В” toifasi savdo qatnashchilariga davlat qimmatli qog‘ozlari bozori savdolarida ishtirok etish va operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi.
“Portfolio Investments” kompaniyasi – brokerlik xizmatlari, aktivlarni boshqarish, investitsiya bankingi, konsalting va boshqa xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniya hisoblanadi.

O‘zRVB a’zolari qatori kengayishi mamlakat moliya bozorining asosiy ishtirokchisi sifatida O‘zRVB birja bozorlari jozibador va shaffof ekanligidan dalolat beradi. Bu, shuningdek, mijozlari uchun xizmatlar qatorini va o‘z imkoniyatlarini kengaytirishni istagan investitsiya kompaniyalarining birja bozoriga bo‘lgan doimiy qiziqishini aks ettiradi.
O‘zRVB bozorlarida yangi ishtirokchining paydo bo‘lishi investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishiga va birjaning yanada samarali faoliyat yuritishiga ko‘maklashadi.
O‘zRVB o‘z faoliyatini, xususan, mamlakat moliya bozorini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirib, mintaqada yetakchi savdo va investitsiyalar platformasi bo‘lishga intiladi.





