Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


30.10.2024

O‘zRVB Ayollar klubining ikkinchi yig‘ilishi: o‘zini namoyon etish, shaxsiy rivojlanish va ommaviy nutq san’ati

O‘zRVB Ayollar klubi negizida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zini namoyon etishi, shaxsiy rivojlanishi va muloqot ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi muhim mavzular muhokama etildi. Uchrashuv dasturi ijobiy muhit yaratish hamda kasbiy va shaxsiy hayotda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan foydali ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.

Tadbirning asosiy qismi AIN Property Management kompaniyasining xodimlar bo‘yicha direktori Zulfiya Kalanova tomonidan o‘tkazilgan "Ommaviy nutq san’ati" treningidan iborat bo‘ldi. Spiker omma oldida so‘zlash mahoratini oshirish, dadil nutq so‘zlash va tinglovchilar e’tiborini jalb qilish bo‘yicha maslahatlar va tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Zulfiya Kalanova hayotiy misollar va interaktiv savollar yordamida nutq so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda auditoriya bilan samarali muloqot qilishning asosiy jihatlari to‘g‘risida so‘zlab, nutqning ta’sirini oshirishga yordam beruvchi estetik va dinamik taqdimotlar yaratish sirlarini ham yoritib berdi.

Uchrashuv yakunida Ayollar klubining faoliyatini yanada rivojlantirish, birjada ayollar salohiyatini ochish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. O‘zRVB xodimalarining kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlab, ularning o‘sishi uchun qulay sharoitlar yaratmoqda.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash