Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


20.09.2024

O‘zRVB Ayollar klubi: professional o‘sish uchun yangi hamjamiyat

O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (O‘zRVB) tashkilotda faoliyat yuritayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbus — “Ayollar klubi” tashkil etildi. Klubning asosiy maqsadlari sifatida tajriba, bilim va kasbiy ko‘nikmalar almashish uchun maydon yaratish, shuningdek, ayollar o‘rtasida liderlik xususiyatlarini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish belgilandi.

O‘zRVBda Ayollar klubining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, uning kirish qismida moliyaviysohada ayollarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun ushbu klubni yaratish muhimligini ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar rasmiy munosabatlarga kirishishga yiroq bo‘lgan holda bir-biri bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Tanishuv” interaktiv o‘yini ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning erkin muhitda bir-biri bilan tanishish, hamkasblarining qiziqishlari va faoliyati haqida ko‘proq bilib olish imkonini berdi.

Uchrashuv doirasida Klubning keyingi faoliyatini amalga oshiradigan va muvofiqlashtiradigan Klub koordinatorining saylovi o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy qismida “Ishbilarmonlik, muloqot madaniyati va nutq odobi” mavzusida samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish haqida ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ushbu soha mutaxassisi, O‘zRVB bosh buxgalteri, Avstriyaning O‘zbekistondagi odob maktabi filiali direktori Kristina Prokudina ishbilarmonlik munosabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish, hamkorlar va hamkasblarda ijobiy taassurot qoldirish, shuningdek, korporativ munosabatlarda odob-axloq me’yorlariga rioya qilish muhimligi haqida qimmatli bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ishtirokchilar ma’ruzachi nutqini katta qiziqish bilan tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Tajriba va bilim almashish o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar professional va shaxsiy muloqot, shuningdek, yanada rivojlanish uchun foydali maydon yaratilgani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi. “Ayollar klubi” doirasida muntazam ravishda ishtirokchilarning kasbiy, madaniy va ijodiy ko‘nikmalarini kengaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olindi. Ayollarni moliya sohasida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ta’lim va jamoat tashabbuslarida ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zRVB “Ayollar klubi” xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning muhim elementiga aylanishiga, bu yanada inklyuziv va dinamik korporativ madaniyatni yaratishga hissa qo‘shishiga ishonadi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash