Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
04.05.2023
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida Rossiya rubli/so‘m valyuta juftligi bo‘yicha bitimlar tuzilishi boshlandi
"O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ (O‘zRVB) 2022 yil 24 mart kuni Rossiya rubli/so‘m valyuta juftligi (RUB/UZS_TOM instrumenti) bo‘yicha birja savdolari muvaffaqiyatli o‘tkazilib, unda savdo ishtirokchilari tomonidan umumiy hajmi 80 mln. Rossiya rublidagi bitimlar tuzilganligini ma’lum qiladi.
Avval xabar qilinganidek, birja valyuta bozori ishtirokchilariga qo‘shimcha savdo imkoniyatlarini yaratish maqsadida O‘zRVB tomonidan Rossiya rubli/so‘m va Xitoy yuani/so‘m valyuta juftliklari bo‘yicha savdolar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur valyuta juftliklari bo‘yicha savdolar ishtirokchilari 2022 yil 31 mayga qadar bitimlar bo‘yicha vositachilik mukofoti to‘lashdan ozod etilgan edi.

Bugungi savdolar "Rhombus" platformasida T+1 rejimida uzluksiz ikki tomonlama “metching” savdo usuli bo‘yicha "O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJning chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha birja savdosi qoidalariga muvofiq o‘tkazildi.
Rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida, O‘zRVB birja bozori ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, birja instrumentlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha barcha zarur choralarni amalga oshirishni rejalashtirgan.





