Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
01.05.2023
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida ilk marotaba muomala davri 10 yil bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlari joylashtirildi
2022 yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 174,5 mlrd.so‘mlik 5 yillik davlat qimmatli qog‘ozlari, shuningdek, muomala davri 10 yil bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlari 10 mlrd.so‘m hajmida joylashtirildi. Mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kupon daromadining o‘rtacha foiz stavkasi mos ravishda yillik 14,5 va 15% ni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, o‘rta va uzoq muddatli davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2021-2022 yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish maqsadida o‘tkazilib, moliyaviy instrumentlarni diversifikatsiya qilish va kapital bozori ishtirokchilari tarkibini yanada kengaytirish uchun asos yaratadi.





