Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


10.05.2023

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida ilk bor inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari muvaffaqiyatli joylashtirildi

2022 yil 19 iyul kuni O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) savdolarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan muomala davri 2 yil bo‘lgan, chiqarilish hajmi 200 mlrd.so‘mlik inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari muvaffaqiyatli joylashtirildi.

Savdolar davomida ishtirokchilar tomonidan umumiy qiymati 180,8 mlrd. so‘mlik 191 ming dona obligatsiyani sotib olish uchun buyurtmalar kelib tushdi. Auksion natijalariga ko‘ra, 106,30 mlrd.so‘m miqdoridagi 111 ming dona obligatsiya joylashtirilgan bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kupon daromadining o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik 19,2436% ni tashkil etdi.

O‘zRVB birja mahsulotlari qatorida savdo ishtirokchilariga taklif etilayotgan ushbu investitsiya vositasi inflyatsiya bilan bog‘liq yo‘qotishlarga qarshi kafolat instrumenti hisoblanib, inflyatsiya xatarlarini xedjlashga imkon beradi.

Bunda, mazkur obligatsiyalarning asosiy afzalligi bo‘lib, ular bo‘yicha kupon daromadi foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hisoblab chiqilgan iste’mol narxlari indeksiga muvofiq indekslanishi hisoblanadi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash