Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
05.05.2023
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ Toshkent moliya institutida o‘tkazilgan «Kar’era kuni» mehnat yarmarkasida faol qatnashdi
2022 yil 12 aprel kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 martdagi Oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida beligilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mazkur institut talabalarini ishga joylashishga ko‘maklashish va 2021-2022 o‘quv yilidagi institutning bitiruvchilarini ish joylariga samarali taqsimlash maqsadida “Kar’era kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Talabalar bilan bevosita suhbat o‘tkazish orqali ularni tanlab olish hamda ishga taqsimlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB)ning Personalni boshqarish xizmati mas’ul xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Birja faoliyatiga qiziqish bildirgan talabalarga O‘zRVB mas’ul xodimlari birja to‘g‘risida, jumladan uning faoliyati, ko‘rsatib kelayotgan xizmat turlari, infratuzilmasi to‘g‘risida so‘zlab berib, qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.
Tadbir yakunida, institut rahbariyati O‘zRVB vakillariga mehnat yaramarkasidagi ishtiroki uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.





