Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
03.07.2023
Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida birinchi market-meykerlar o‘z faoliyatini boshladi
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB)ning tegishli qaroriga muvofiq davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bozorida ikkilamchi oldi-sotdi va REPO operatsiyalari bo‘yicha market-meyker maqomi birlamchi dilerlar – “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Ipak yo‘li” AITB va “Turonbank” ATBga berildi.
Mazkur tijorat banklari market-meyker funksiyalarini joriy yilning 1 fevralidan bajarishni boshladi.
Tasdiqlangan Dasturga muvofiq, market-meykerlar sotish va sotib olish bo‘yicha kotirovkalarni shakllantirish orqali DQQ ikkilamchi bozori likvidligini ta’minlash majburiyatini oladilar.
Dastur MM-GB STANDARD, MM-GB MEDIUM i MM-GB PREMIUM maqomlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Bunda, tanlangan maqom qanchalik yuqori bo‘lsa, market-meyker ikki tomonlama kotirovkalar va spredning tor koridori (mos ravishda 0,3%, 0,28% va 0,26%) e’lon qilinadigan va saqlab turiladigan passiv bitimlar hajmi va DQQ chiqarishlarining minimal soni bo‘yicha ko‘proq majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.
Ma’lumot uchun. Passiv bitim - bu market-meykerning birja bitimi bo‘lib, bunda bitim bo‘yicha market-meykerning buyurtmasi savdo tizimiga kontragentning buyurtmasidan avvalroq kiritilgan bo‘ladi.
Spred - market-meyker tomonidan bir vaqtning o‘zida birja instrumentini sotish va sotib olish bo‘yicha taklif etilgan buyurtmalar narxlari o‘rtasidagi farq (ushbu cheklov bozor likvidligini tartibga solish, shuningdek bitim tomonlari bo‘lgan xaridor uchun birja aktivini imkon qadar arzonroq sotib olish va sotuvchi uchun ushbu aktivni qimmatroq sotishga imkon beradi).
Shuningdek, Dasturda belgilangan talablar bajarilishidan kelib chiqib O‘zRVB tomonidan market-meykerga ikki turdagi mukofot to‘lash ko‘zda tutilgan. Birinchisi – market-meyker va uning kontragenti tomonidan O‘zRVBga to‘langan vositachilik mukofoti summasidan hisoblangan to‘lov, ikkinchisi – qat’iy belgilangan mukofot (hisobot oyida yetarli hajmda passiv bitimlar tuzilgan holda to‘lab beriladi).
Avval xabar qilinganidek, O‘zRVB valyuta bozorida 2021 yil 4 oktabrdan boshlab bozor tamoyillariga muvofiq market-meyker faoliyati joriy qilingan.
Bugungi kunda USD/UZS_TOM instrumenti bo‘yicha O‘zRVB valyuta bozorida market-meyker faoliyati “Kapitalbank” ATB va “Ipak yo‘li” AITB tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.





