Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


21.04.2026

Birjada karyerani qanday boshlash mumkin?

O‘zRVB “Karyera kuni”da yosh mutaxassislar uchun mavjud imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) International School of Finance Technology and Science universitetida bo‘lib o‘tgan “Karyera kuni” vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir talabalar va yosh mutaxassislar uchun ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, shuningdek moliya sohasida muvaffaqiyatli karyerani qanday yo‘lga qo‘yish mumkinligini chuqurroq tushunish imkoniyatini yaratdi.

Yarmarkada banklar, ishlab chiqarish korxonalari, sug‘urta tashkilotlari, kadrlar agentliklari hamda telekommunikatsiya sohasi vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘z faoliyat yo‘nalishlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida keng ma’lumot berdilar.

O‘zRVB stendi talabalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ular tomonidan berilgan savollar ishga joylashish shartlari bilan cheklanib qolmay, birja faoliyati, karyera imkoniyatlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni ham qamrab oldi.

O‘zRVB Ta’lim markazi boshlig‘i Biloliddin Israilov stajirovka va amaliyot dasturlari, kasbiy o‘sish imkoniyatlari haqida ma’lumot berib, yosh mutaxassislarga moliya sohasida samarali faoliyat boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra O‘zRVB yoshlarning kasbiy yo‘nalishini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bunday tashabbuslarda ishtirok etish O‘zRVBning zamonaviy moliyaviy instrumentlar va bozor infratuzilmasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi.


 

 

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash