Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
05.11.2025
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB O‘zRVBning valyuta instrumentlari bo‘yicha market-meyker maqomiga ega bo‘ldi
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) “ASIA ALLIANCE BANK” ATBga USD/UZS_TOM va SWAP_USD/UZS_ON birja instrumentlari bo‘yicha market-meyker maqomini taqdim etdi.
Birja valyuta bozorida market-meykerlar tarkibi kengayishi banklar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, valyuta xatarlarini xejlash instrumentlarini ko‘paytirish hamda O‘zbekiston valyuta bozorining xalqaro standartlarga mos zamonaviy, raqobatbardosh va barqaror infratuzilmasini shakllantirish uchun imkon yaratadi.
O‘zRVBning ushbu yo‘nalishdagi izchil siyosati market-meykerlar institutini mustahkamlashga, likvid va shaffof valyuta bozorini rivojlantirishga hamda banklar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu siyosat, shuningdek, O‘zRVBning valyuta operatsiyalari samaradorligini oshirish va xalqaro me’yorlar va andozalarga mos keluvchi zamonaviy moliya bozorini shakllantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishini aks ettiradi.





