Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


04.11.2025

O‘zRVB bozorlarida market-meykerlar soni oshmoqda

O‘zRVB market-meykerlar institutini rivojlantirish, valyuta bozori likvidligi va shaffofligini oshirish, shuningdek savdo ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil siyosatni amalga oshirishni davom ettirmoqda.
Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar doirasida O‘zRVBning valyutaviy svop bozorida market-meykerlar uchun samarali dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, "Kapitalbank" ATB SWAP_USD/UZS_ON instrumenti bo‘yicha market-meykerlik xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bundan avval "Kapitalbank" ATBga valyuta spot bozorida USD/UZS valyuta juftligi bo‘yicha, shuningdek, ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari va REPO operatsiyalari bo‘yicha market-meyker vazifalarini amalga oshirish huquqi berilgan edi.

Ta’kidlash joizki, valyutaviy svop instrumenti bozor ishtirokchilari uchun qisqa muddatli likvidlikni samarali boshqarish hamda valyuta pozitsiyalarini optimallashtirish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bu esa valyuta operatsiyalarining moslashuvchan va zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Svop — ikki tomon o‘rtasida oldindan kelishilgan kurs asosida ma’lum vaqtdan so‘ng qayta almashtirish majburiyati bilan amalga oshiriladigan valyuta ayirboshlash operatsiyasidir.

O‘zRVB rivojlanish strategiyasiga muvofiq market-meykerlar institutini rivojlantirish muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi. Bu banklararo hamkorlikni chuqurlashtirishga, valyuta xatarlarini xejlash vositalarini kengaytirishga hamda O‘zbekiston moliya bozorining xalqaro standartlarga mos, zamonaviy, raqobatbardosh va barqaror infratuzilmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Market-meykerlar sonining ko‘payishi moliyaviy institutlarning ishonchi ortib borayotganini ko‘rsatadi va O‘zRVBning O‘zbekistonda zamonaviy hamda barqaror valyuta bozorini shakllantirish uchun markaziy platforma sifatidagi o‘rnini tasdiqlaydi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash