Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
13.08.2025
O‘zRVBda XVJ missiyasi: O‘zbekiston valyuta bozoriga ichki nazar
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB)da Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mak Istvan rahbarligidagi missiya vakillari O‘zbekiston valyuta bozorini baholash va tahlil qilish maqsadida Toshkent shahriga tashrif buyurgan. 
O‘zRVB Bosh direktori Rashid Usmanov uchrashuv avvalida, mehmonlarga birja faoliyati, mavjud birja bozorlari, instrumentlar qatori va xizmatlar turlari haqida ma’lumot berib o’tdi. Shu bilan bit qatorda, so‘nggi yillardagi asosiy yutuqlar - savdo hajmining o‘sishi, yangi instrumentlar, jumladan, derivativlar bozori instrumentlari joriy etilganligi hamda zamonaviy savdo mexanizmlarining tatbiq qilinganligi ta’kidlab o’tildi.
Uchrashuv davomida missiya vakillari O‘zRVBning milliy valyuta bozori infratuzilmasini rivojlantirish va uning savdo jarayonlarini takomillashtirishdagi hissasini yuqori baholadilar. Shuningdek, amalga oshirilayotgan yondashuvlarning zamonaviy xalqaro standartlarga to‘liq mosligi e’tirof etildi. 
Uchrashuv ishtirokchilarida market-meykerlarning likvidlikni ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, ularni rag‘batlantirish mexanizmlari va market-meykerlik dasturlari alohida qiziqish uyg‘otdi.
Shu bilan birga, uchrashuvda O‘zRVB ta’sischiligida tashkil etilgan, markaziy kontragent vazifasini bajaruvchi hamda risk va defolt menejmentining keng qamrovli tizimini ta’minlovchi Milliy kliring markazi faoliyati batafsil yoritildi. 
Tadbir yakunida XVJ vakillarini qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha batafsil javoblar va tushuntirishlar taqdim etildi. Shuningdek, missiya a’zolari O‘zbekiston birja infratuzilmasining shaffofligi, texnologik yetukligi va rivojlanish dinamikasini alohida ta’kidlab o‘tdilar.





