Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


18.08.2023

London fond birjasining Yevropa va birlamchi bozorlar departamenti rahbari bilan uchrashuv

2021 yil 27 may kuni videokonferensiya formatida O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (UzRVB) rahbariyati va London fond birjasi Yevropa va birlamchi bozorlar departamenti rahbari Ayuna Nechaeva xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zRVB Bosh direktori R. Usmonov O‘zRVB faoliyati rivojlanishining hozirgi holati bo‘yicha qisqacha sharh berib, "market-meykerlar" institutini hamda O‘zRVB qoshida Markaziy kontragentni yaratish, fyuchers bozorini, shu jumladan yetakchi birja markazlarida shakllanadigan indikatorlar bo‘yicha fyucherslarni shakllantirish kabi O‘zRVB rivojlanish strategiyasining istiqbolli rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘z navbatida, Ayuna Nechaeva xonim O‘zRVB tomonidan so‘nggi yillarda erishilgan sezilarli yutuqlarni, hususan, birja faoliyati yanada jadallashganligini hamda savdo hajmlari yuqori darajada oshganligini mamnunlik bilan qarshi oldi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, "ikki tomonlama" listingni tashkil qilish, xorijiy investorlarni jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar O‘zRVBni yanada texnologik rivojlantirish va jahon birja amaliyotining zamonaviy talablariga javob beradigan birja vositalarini joriy etish sohalarida “yo‘l xaritasini” ishlab chiqish va o‘zaro nou-xau almashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida fikr almashdilar.

London fond birjasi vakili tegishli me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda, LFBda o‘quv kurslari va stajirovkalarni tashkil etish orqali O‘zRVB xodimlarining malakasini oshirish masalasida amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar kelgusi uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash