Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
Moliyaviy kuchlar birlashishi: O'zRVB rahbari va Refinitiv vakili uchrashuvi bo'lib o'tdi
“O'zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O'zRVB) Bosh direktori Rashid Usmanov Refinitiv kompaniyasi vakili Aygyun Muzaffarli bilan O'zbekiston moliya bozorlarini rivojlantirish sohasidagi strategik hamkorlik doirasida uchrashuv o'tkazdi.
“London fond birjasi” guruhi tarkibidagi Refinitiv kompaniyasi moliyaviy bozorlar va infratuzilma ma'lumotlarini yetkazib beruvchi dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri hisoblanadi. Kompaniya daromadi 6,25 milliard dollarni tashkil etib, 190 mamlakatda 40 000 dan ortiq mijoz va 400 000 ma’lumot foydalanuvchiga ega. Kompaniya mijozlarga investitsiya, savdo va risklar bo’yicha qaror qabul qilish imkonini beruvchi ma'lumotlar, insaytlar va texnologiyalarni taqdim etadi.
O'zRVBda bo'lib o'tgan uchrashuv O'zbekiston moliya bozorlarini rivojlantirish sohasida O'zRVB va Refinitiv kompaniyasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, shu jumladan birja ma'lumotlarini taqdim qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlash joizki, 2020 yildan buyon O'zbekiston Respublikasi birja faoliyati tarixida ilk bor Refinitiv kompaniyasining Eikon axborot-tahliliy platformasida O'zRVB bozorlari va faoliyati to'g'risida avtomatik yangilanadigan ma'lumotlar doimiy ravishda joylashtirib kelinmoqda.
Bugungi kunda, O'zRVB qulay investitsiya muhitini yaratish jarayonida milliy va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun kapital bozori infratuzilmasining muhim bo'g'ini hisoblanib, keng ko'lamli birja instrumentlari xizmatlarini taklif etadi.
Uchrashuv davomida Aygun Muzaffarli Refinitiv kompaniyasining texnologik yechimlaridan foydalanish orqali O'zRVBda infratuzilmani raqamlashtirish va birja xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari to’grisida to’xtalib o’tdi.
Shuningdek, tomonlar hamkorlikning muhim jihatlari, jumladan, ma'lumotlarni tarqatish va tahlil qilish, texnologik yechimlarni ishlab chiqish, axborot mahsulotlarini kengaytirish sohasida tajriba almashish, shuningdek, O'zRVB birja bozorlarini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qildi.





