Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
O‘zRVB delegatsiyasining London shahriga tashrifi yakunlari sarhisob qilindi
Bosh direktor Rashid Usmanov boshchiligidagi “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ delegatsiyasi Londonga (Buyuk Britaniya) tashrifini yakunladi.
Londonda O‘zRVB rahbari Bloomberg va Refinitiv axborot agentliklari, London fond birjasi, Vermax Ltd. kabi kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bloomberg bilan uchrashuvda O‘zRVB market-datalarini ulashish, IT sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
O‘zRVB va Bloomberg o‘rtasida dunyo moliyaviy hamjamiyatga O‘zRVB market-datalarini uzatish bo‘yicha strategik kelishuv imzolandi.
O‘zRVB va London fond birjasi o‘rtasidagi uchrashuvda yangi birja instrumentlarini joriy etish sohasida tajriba almashish, xorijiy institutsional investorlarni O‘zRVB bozorlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tajriba almashish, istiqbolda O‘zRVB platformasi orqali London fond birjasida listing qilinadigan qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
O‘zRVB delegatsiyasi Bosh ofisi London shahridagi “Refinitiv” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda istiqboldagi rejalar, birja texnologiyalarini rivojlantirish va ESG tamoyillarini qo‘llashda tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Vermax Ltd.” kompaniyasi bilan savdo-kliring, depozitariy va kastodian xizmatlarini ko‘rsatish samarali infratuzilmasini yaratish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.





