Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


18.08.2023

Harakatdagi hamkorlik: O‘zRVB va OTB missiyasi o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (O‘zRVB) Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (CAREC) kapital bozorlari ishtirokchilariga texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda birja bozorlarini tartibga solish, birja jarayonlarini yanada raqamlashtirish, barqaror rivojlanish siyosati loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston kapitali bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Tomonlar birja savdolari sohasida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va mijozlar ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini muhokama qildi. O‘zRVB rahbari Rashid Usmanov O‘zRVBda raqamlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Barqaror rivojlanish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish masalasi yuzasidan Rashid Usmanov O‘zRVBda barqaror rivojlanish siyosatini, shu jumladan ESG tamoyillarini joriy etish yo‘nalishida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

O‘z navbatida, OTB missiyasi mintaqaviy kapital bozorlarini tadqiqoti loyihasini va kelgusi harakatlar bo‘yicha umumiy yo‘l xaritasini taqdim etdi.

OTBning CAREC kapital bozorlari regulyatorlari forumini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha texnik yordami CAREC a’zolariga kapital bozori regulyatorlari forumini yaratish dastlabki bosqichida hamda faoliyatini boshlashda yordam beradi.

Forum CAREC a’zo mamlakatlarining kapital bozorlarini rivojlantirish yo‘lidagi mintaqaviy hamkorlik va integratsiya sa’y-harakatlarini tajriba almashish, salohiyatni rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek huquqiy va me’yoriy asoslarni uyg‘unlashtirish orqali kuchaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston kapital bozorini yanada rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi. O‘zRVB Bosh direktori infratuzilmani yanada takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda qulay investitsiya muhitini yaratish vositalarini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.  

OTB vakillari barqaror rivojlanish, shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish sharoitida loyihalarni amalga oshirish uchun texnik yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Missiya vakillari, shuningdek, O‘zbekiston bozori investitsiyalarni jalb qilish uchun katta salohiyatga ega ekanligiga ishonch bildirib, bu mamlakatning barqaror va jadal iqtisodiy o‘sishiga yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonning moliya tizimini modernizatsiya qilish va fond bozorini rag‘batlantirish bo‘yicha strategik maqsadlariga erishish yo‘lida O‘zRVB va OTB o‘rtasidagi samarali hamkorlik muhim ahamiyatga ekanligini ta’kidladilar.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash