Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


18.08.2023

Refinitiv kompaniyasi vakili bilan uchrashuv

2021 yil 8 iyun kuni O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (O‘zRVB) Refinitiv kompaniyasi vakili Aleksandr Auxariev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zRVB va Refinitiv o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida O‘zRVB axborot mahsulotlarini yanada rivojlantirish, zamonaviy dasturiy ta’minotni joriy etish va axborot texnologiyalar sohasidagi Refinitiv kompaniyasining boshqa innovatsion yechimlari masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Refinitiv kompaniyasining vakili Refinitiv axborot va savdo platformalari imkoniyatlari bilan qisqacha tanishtirib, mazkur dasturiy mahsulotlarni O‘zRVBda joriy etishning afzalliklari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash