Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
Toshkent shahrida MDH davlatlari birjalar xalqaro assotsiatsiyasining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2021-yil 25-27-noyabr kunlari II xalqaro moliya-bank forumi doirasida ilk marotaba Toshkentda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga aʼzo davlatlar xalqaro birjalar assotsiatsiyasi (XBA) yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, uning tashkilotchilari etib XBA ijroiya direksiyasi, O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB), O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi va “Toshkent” Respublika fond birjasi belgilandi.
Maʼlumot uchun: MDHga aʼzo davlatlar birjalari xalqaro assotsiatsiyasi (XBA) xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilgan moliyaviy bozorlarni rivojlantirish bo‘yicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida 2000-yil aprel oyida Moskvada tashkil etilgan. O‘zRVB 2019-yildan boshlab XBA aʼzosi hisoblanadi.
XBAning yillik umumiy yig‘ilishida MDH davlatlarining 18ta yetakchi birjasi vakillari ishtirok etib, o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari, MDH davlatlari birjalarini rivojlantirishning bugungi kun tendensiyalari, shuningdek, birja savdosi va moliyaviy bozorlar sohasidagi istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.
Mazkur tadbir davomida O‘zRVB va Belarus valyuta-fond birjasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Rasmiy imzolash marosimida O‘zRVB Bosh direktori Rashid Usmonov va BVFB boshqaruvi raisi Andrey Auximenya ishtirok etdi.
Memorandumda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, ikki mamlakatning tashkil etilgan moliyaviy bozorlarini rivojlantirish uchun birja savdosi vositalari va texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba almashish, birja mahsulotlari va xizmatlarini ommalashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, birja savdolari ishtirokchilari doirasini kengaytirish kabi masalalar belgilangan.
Memorandumga muvofiq, o‘zaro manfaatli maqsadlarga javob beradigan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, birja maʼlumotlarini taqdim etish va tarqatish sohasida bilim va tajriba almashish, birjalar xodimlarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhlarning ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yig‘ilish yakunida, bu kabi uchrashuvlar birjalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, birja bozorlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish, shuningdek, birjalar faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga ko‘maklashadi, deb fikr bildirildi.





