Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


18.08.2023

OʼzRVB Toshkent shahrida boʼlib oʼtgan II xalqaro moliya-bank forumida ishtirok etdi

2021-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahrida MDH Ijroiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko‘magida MDH Moliya-bank kengashi tomonidan tashkil etilgan MDHga aʼzo davlatlarning II xalqaro moliya-bank forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida xorijiy markaziy va tijorat banklari, birjalar rahbarlari, respublikaning vazirlik va idoralari, bank birlashmalari va assotsiatsiyalari vakillari, shuningdek, MDH, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlarining innovatsion va investitsiya kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli tadbirning panel muhokamasida O‘zbekiston birja bozorini rivojlantirishning bugungi holati va zamonaviy tendensiyalari haqida maʼruza qilib, O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi (O‘zRVB) Bosh direktori Rashid Usmonov so‘zga chiqdi.

O‘zRVB rahbari Forum ishtirokchilarini 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish dasturining maqsadlariga erishish uchun O‘zRVBning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi doirasidagi istiqbolli vazifalari va rejalari bilan tanishtirdi.

Forumda ishtirok etgan O‘zRVB mutaxassislari tomonidan panel muhokamalari o‘rtasidagi tanaffuslar davomida xalqaro moliya institutlari, xorijiy birjalar, mahalliy va xorijiy fond bozorlarining brokerlik korpusi vakillari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik hamda birja faoliyati va kapital bozorini rivojlantirish sohasida strategik sheriklik o‘rnatish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash