Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


18.08.2023

Evroosiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) vakillari Yevroosiyo taraqqiyot banki (EOTB) vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdilar.

YeOTB a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga, ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishiga va integratsiya jarayonlarining rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanadi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, YeOTB tomonidan milliy valyutadagi hisob-kitob va kliring xizmatlari doirasidagi hamkorlik hamda Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qarz bozorlarida obligatsiyalar chiqarilishini tashkil etish masalasida mahalliy emitentlarga har tomonlama ko‘mak berish to‘g‘risida fikr almashildi.

Shu bilan birga, YeOTB vakillari market-meykerlik xizmatlarini ko‘rsatishda, REPO instrumentlari hamda likvidlik bilan ta’minlash kabi pul bozori instrumentlarini rivojlantirish, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mahalliy birjalari bilan dasturiy ta’minotni modernizatsiyalash kabi masalalarida tajriba almashishda yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Bundan tashqari, YeOTB tomonidan a’zo mamlakatlar bilan moliyaviy bozorlarni integratsiyalash, obligatsiyalar chiqarilishini tashkil etish, konsalting va investitsiya xizmatlarini ko‘rsatishda yordam berish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijalari bo‘yicha, tomonlar kelgusi uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokamasini davom ettirishga kelishib oldilar.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash