Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
“Rossiya eksport markazi” AJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18 dekabr kuni O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (O‘zRVB)da “Rossiya eksport markazi” AJ (“ROSEKSIMBANK” AJ va “EKSAR” AJ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mehmonlar tomonidan “EKSAR” AJ Bosh direktori, “Rossiya eksport markazi” AJning katta vitse-prezidenti - Gusakov Nikita Valeryevich, “ROSEKSIMBANK” AJning xalqaro loyihalar bo‘yicha boshqaruvchi direktori - Denisov Aleksey Nikolayevich hamda “Rossiya eksport markazi” AJ vakolatxonasi rahbari - Proxorenko Dmitriy Igorevich qatnashdi.
Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikning joriy holati, potentsial hamkorlik istiqbollari va milliy valyutadagi operatsiyalar hajmini oshirish uchun vakillik munosabatlarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zRVB va “Rossiya eksport markazi” AJ o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.





