Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
“Qozog‘iston fond birjasi” (KASE) AJ delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019 yil 10 sentyabr kuni "O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJda (O‘zRVB) "Qozog‘iston fond birjasi" AJ delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida KASE boshqaruv raisi Aldambergen Alina Өtemіsqыzы va Qozog‘iston delegatsiyasi a'zolari birja faoliyati, xususan, qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyutalar va derivativlar bozorlariga xizmat ko‘rsatish, REPO va valyuta svop operatsiyalarini o‘tkazish mexanizmlari to‘g‘risida ma'lumot berishdi. KASE valyuta bozori Qozog‘iston iqtisodiyotining muhim elementlaridan biri bo‘lib, ushbu bozorda AQSh dollarining tengega nisbatan o‘rtacha tortilgan kursi shakllanib, keyingi savdo kuni Qozog‘iston Respublikasi Milliy bankining rasmiy kursi sifatida e'lon qilinishi ta'kidlab o‘tildi.
Mehmonlar O‘zRVBning davlat qimmatli qog‘ozlari, valyuta va pul bozorlarida savdolar o‘tkazish bo‘yicha faoliyati, kliring va hisob-kitob-depozitar xizmatlar majmuasi, shuningdek birja tomonidan mijozlarga taklif etilayotgan axborot mahsulotlari va texnologik xizmatlar bilan tanishdilar.
Muzokaralar davomida valyuta va pul birja bozorlarida tajriba almashish, dasturiy komplekslarni texnologik rivojlantirish, shuningdek, jahon birja bozorini rivojlantirishning joriy va istiqboldagi tendentsiyalari to‘g‘risida axborot almashish borasida yaqin hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida, KASE boshqaruv raisi Alina Aldambergen O‘zRVB rahbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik va kelgusida yaqin hamkorlikni amalga oshirishga umid bildirdi.





