Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


18.08.2023

«Refinitiv» (Thomson Reuters) kompaniyasining Eikon platformasida O‘zRVB faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish to‘g‘risida

2020 yil yana bir muhim voqea bilan ajralib turibdi va bu, ishonchimiz komilki, emitentlar, investorlar, shu bilan birga, butun dunyo moliya bozorining professional ishtirokchilari uchun O‘zRVB bozorlari to‘g‘risida ishonchli va sifatli ma’lumotlarni taqdim etish borasida yangi tarixiy bosqich bo‘lib hisoblanadi.

O‘zRVB va Refinitiv (Thomson Reuters) kompaniyasi o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv Memorandumi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilning 27 avgustidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi birja faoliyati tarixida ilk bor, Refinitiv (Thomson Reuters) kompaniyasining Eikon axborot-tahliliy platformasida muntazam ravishda O‘zRVB bozorlari va faoliyati to‘g‘risida avtomatik ravishda yangilanadigan ma’lumotlar joylashtirib borilmoqda.

Refinitiv (Thomson Reuters) kompaniyasi dunyo bo‘yicha 190 dan ortiq mamlakatlarning biznesi va birja bozori professional ishtirokchilari uchun axborot tahliliy ma’lumotlarni yetkazib beradi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash