Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
- Bosh sahifa
- Karera
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Risklarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i
Malaka talablari
1. Excel va VBA dasturlaridan malakali foydalana olish (SQL, Python, Matlab dasturiy tillarni bilish tavsiya qilinadi);
2. Bo‘limni bevosita boshqara olish;
3. Birja faoliyatining barcha sohalarida tavakkalchilikni miqdoriy va sifat jihatidan baholash usullarini aniqlash va ishlab chiqish;
4. Xavf stress testini o'tkazish;
5. Likvidlik risklarini boshqarish tizimini tashkil etish tartibini ishlab chiqish;
6. Likvidlik riskini hisoblash (GAP tahlili, pul oqimi tahlili, stsenar tahlil, koeffitsient tahlil);
7. Inqirozli vaziyatlarda moliyalashtirish rejasini ishlab chiqish;
8. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha kamida besh yillik ish tajribasi mavjudligi.
Ma’lumotiga qo‘yiladigan talablar
Iqtisod, moliya, matematika sohasida oliy ma’lumot.
Asosiy talablar
1. Matematik statistika asoslarini bilish;
2. Tavakkalchilikni boshqarish va prudensial hisobot berish sohalarida bank va birja qonunchiligini bilish;
3. Buxgalteriya hisobi asoslarini tushunish;
4. Muammolarni tahlil qila olish va qaror qabul qilish qobiliyati;
5. Jamoada ishlay olishlik, mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik;
6. O‘zbek, rus tillarini bilishi (ingliz tilini bilishi tavsiya qilinadi).