Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
- Bosh sahifa
- Karera
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Dasturiy ta'minotlarni ekspluatatsiya qilish sho’basi mudiri
Malaka talablari
1. Ma'lumotlar bazasini boshqarish (Oracle, PostgreSQL);
2. Ma’lumotlar bazisini bir maromda ishlashini monitoring qilish va uni rivojlantirish;
3. Ma'lumotlar bazasi faoliyatini tahlil qilish va optimallashtirish;
4. MBBT va birgalikda ishlaydigan dasturiy ta'minot stekini eng so‘ngi versiyalarga yangilash;
5. Ma'lumotlar bazasini zaxiralash, replikatsiya qilish va tiklashni monitoring qilish va optimallashtirish;
6. Dasturiy ta'minotni yangilash;
7. Jadvallar, indekslar, SQL so'rovlari, jadval bo'shliqlarini tahlil qilish;
8. Ma'lumotlar bazasining ishlashini tahlil qilish (soha yo’nalishi muhitida qo'llaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlarning relizlarini o'rnatish va sinovdan o'tkazishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish, xatolarni tuzatish, qo'llab-quvvatlanadigan ma'lumotlar bazalari monitoringini o'rnatish va takomillashtirish, qo'llab-quvvatlanadigan xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish);
9. Ma'lumotlarni saqlash va boshqarish masalalari bo'yicha ishlab chiquvchilar va tegishli tarkibiy bo'linmalar bilan o'zaro hamkorlik;
10. Ma'lumotlarni import qilish va eksport qilish tartib-qoidalarini ta'minlash;
11. ETL jarayonlarini qo'llab-quvvatlash;
12. Ma'lumotlar bazasi bo'yicha ichki hujjatlarni yuritish;
13. Ma'lumotlarni zaxiralash va tiklash siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
14. Oracle 11g ishlashini qo‘llab-quvvatlash: unumdorlik va mavjudlik muammolarini bartaraf etish, infratuzilma muammolarini hal qilish, ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
15. Arxitekturani ishlab chiqish, uskuna va OT darajasidan boshlab va ilovalar darajasiga qadar o'rnatishlarni kengaytirish, samarali ma'lumotlar bazalarining yuqori darajada mavjudligini ta'minlash;
16. Oracle RMAN-ni sozlash va ishlatish.
Ma’lumotiga qo‘yiladigan talablar
Oliy ma'lumot (dasturlash, IT, avtomatlashtirish yoki matematik sohada).
Asosiy talablar
1. MBBT administratori bo'yicha tajriba (Oracle, PostgreSQL): o'rnatish, yangilash, monitoring qilish, muammo va xatolarni tahlil qilish, zaxiralash va tiklash, yuqori darajada yuklangan ma'lumotlar bazalari bilan ishlash, defragmentatsiya, ma'lumotlarni uzatish;
2. So'rovlarni optimallashtirish, OT va MBBT parametrlarini sozlash bo'yicha tajriba
3. Oracle RMAN yoki Oracle Data Guard asosidagi mavjud nosozliklarni bartaraf qilish tajribasi;
4. 1 yildan ortiq administrator tajribasi;
5. ma'lumotlarning relyatsion modeli haqida tushuncha;
6. jismoniy va mantiqiy replikatsiya tamoyillarini bilish, instansiyalar o‘rtasida ma’lumotlarning katta segmentlarini uzatish;
7. SQL ifodalarini o'qish, tushunish va optimallashtirish qobiliyati;
8. Ma'lumotlar bazasini zaxiralash va qayta tiklash tajribasi;
9. Oracle DBMS, PostgreSQL boshqaruvida tajriba;
10. Windows va Linux OS boshqaruvida tajriba;
11. SQL asoslarini bilish;
12. 24/7 ishlaydigan tizimlarni qo'llab-quvvatlash;
13. Oracle MBBT bilan 1 yildan ortiq ishlagan bo'lishi lozim.